Qudratov Yasurbek
Maxsus ID raqam : aksiya_4000019
Manzili : Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul: Oybek Xushvaqov. Tel: +998-97-737-99-25 , +998-78-150-64-36
Aksiya maqsadi :

                                 ﷽

Alloh taolo Qur’oni Karimning Zalzala surasida shunday marhamat qiladi:

"Bas, kim zarra og‘irligida yaxshilik qilsa ham ko‘radir" 

Joriy yilning fevral oyida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi Achilova Gulzoda Kabulovna "Vaqf" xayriya jamoat fondiga murojaat qilgan. Uning 2015-yilda tug‘ilgan farzandi Yasurbek Qudratov buyrak sohasidagi kasallik sababli olti marta jarrohlik amaliyotini o‘tagan.

Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Gulzoda Achilovaga saxovatpesha insonlarning ko‘magi zarur. Farzandi Yasurbekning ikkinchi buyragida o‘tkaziladigan operatsiya, tibbiy muolajalar uchun 15 million so‘m miqdoridagi mablag‘ zarur.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi saxiy va mehrli insonlarni Alloh rizoligi uchun ushbu yolg‘iz onaga ko‘mak berishga chorlaydi. Imkoniyat doirasida ko‘mak ko‘rsatishingiz ulkan ajrga ega bo‘lishingizda muhim ahamiyatga ega. Alloh yo‘lida ehson qiling!

Talab qilingan mablag' : 15 000 000 so'm


To'plangan mablag' : 3 968 840.00 so'm


Qudratov Yasurbek

Ushbu aksiya uchun to'lov quyida keltirilgan elektron to'lov tizimlarining “Vaqf aksiya” bo'limi orqali amalga oshirish mumkin

26 Fevral