Dunyoda millionlab insonlar bor. Ularning barchasi yaxshilik qilish haqida ittifoq qilishadi. Lekin ulardan yaxshilik nima deb so‘rasangiz! Turli xil javob berishadi. Yaxshilik o‘zi nima? Bu savolga eng yaxshi javob islomda bor. Bandalarga manfaat beradigan va Allohning amriga zid bo‘lmagan jamiki yaxshilik deb eʼlon qilindi.
Bunda manfaat o‘zingizga yokida o‘zgagami buni farqi yo‘q. Ammo bu yaxshiliklarning darajalari bir xil deb bo‘lmaydi. O‘zgaga qilingan yaxshilik o‘ziga qilingan yaxshilikdan ko‘ra afzaldir. Chunki har bir odam eng avvalo barchadan ko‘ra o‘ziga muhabbat qiladi, hammasini o‘ziga bo‘lishini xohlaydi. Nafsini ko‘yiga tushmasdan haqiqatda nafsiga qarshi jidd-jahd qilib, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam taʼriflaganlaridek katta jihodda zafar quchib o‘zidan ko‘ra o‘zgani ustun ko‘ryaptimi demak u haqiqatda mo‘min inson. Chunki bunda iymoning tasdig‘i bor. Inson ko‘zini oldida bor narsaga ko‘proq ishonadi va qo‘lida turgan narsagagina suyanadi. Qachonki inson o‘zida bor imkoniyatdan foydalanib Alloh bergan rizqdan o‘zgalarga infoq-ehson qilsa demak bilingki bu insonda Allohga va oxirat kuniga iymoni bor. Chunki Alloh bu qilgan amaliga asosiy mukofotni oxiratda berishini vaʼda qilgan. Bu vaʼdaga iymon keltirgangina o‘zgalarga ehson qilishga qodir bo‘ladi. Ehson qiling uni Allohning huzurida topasiz. «Allohning vaʼdasi haqdir». Bunga umuman shubha. Alloh bu jumlani bir marta aytib qo‘ymadi Qurʼoni Karimda 13 bor takror takror aytdi.
Kim bu gaplarni amal ila tasdiqlasa insha Alloh iymoni komildir. Sizdan bor-budingizni ehson qiling deyilmayapti. Shunchaki qo‘lingizdagidan ozgina qiling Alloh sizga ko‘paytirib bersin. Siz faqat buni doim qiling, ozginadan doimiy tarzda qilib borsangiz qiyomatda jamg‘armangiz ancha ko‘p bo‘lib qoladi. Allohga hamdlar bo‘lsinki bu ishni qilish ayni zamonda juda oson bo‘lib qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ozgina foydalansangiz ko‘pgina yordamga muhtojlar yoki qayerdadir masjid qurilayotgan bo‘lsa eʼlon qilishgan bo‘lishadi va kimning imkoni bo‘lsa mablag‘ o‘tqazishlari uchun karta raqamlarini qoldirishadi. Har kuni shularga imkoningiz boricha mablag‘dan yordam bering. Yoki umuman imkoningiz bo‘lmasa hech bo‘lmaganda muhsinlar karvoniga qo‘shilish uchun ming so‘m bo‘lsa ham o‘tqazing. muhsinlar karvonidan qolmang.
Alloh barchamizga o‘zi tavfiq bersin!
Muhammad Qodir Adhamov