Yaqinda internet tarmog’ida bir maqola o’qidim, unda falastinlik yigit hozirda AQSHdagi mashhur “Harvard” universitetining eng iqtidorli professorlaridan biri Farid Abdul Alining o’smirlik davrida bo’lgan voqea.
Ilmga chanqoq 16 yoshli Farid Abdul Ali nochor oiladan edi. U pul topish uchun ko'chada to'xtab turgan mashinalarning oynasini artib tirikchilik qilar edi. Kunlarning birida qimmatbaho mashinada o’tirgan Doktor Muhammad Honiydan mashinanagizni old oynasini artib beraymi deb so’raydi. Mashinasini ko’ngildagidek artib bergan yosh yigitchaga doktor 20 dollar beradi. Shunda Farid doktorga: “Siz Amerikadan qaytayapsizmi?” deb so’raydi.
Doktor tasdiq ishorasini qiladi. Farid Abdul Ali unga “ Shu bergan dollaringiz evaziga AQSH universitetlari haqida aytib bera olasizmi?” deydi. Doktor unga universitetlar haqida aytib beradi va universitetga kirishiga yordam ham beradi.
Farid o’qishga qabul qilinadi va ikki yil o’tgach “NYU YORK TIMES” jurnalida uni zamonaviy texnologiyalarning eng yosh mutaxassisi sifatida e’lon qilishadi. Hozir bu yigit "Harvard" universitetnining iqtidorli yosh professorlaridan biri hisoblanadi. Bu hikoyani o’qib juda ta’sirlandim. Nega?! Bu yigit (Farid Abdul Ali) professorni uchratguncha oilaviy sharoiti tufayli o’qishga imkoni bo’lmagan edi. Professorni uchratgandan keyin professor uning iqtidorini sezdi va unga yordam berdi – yaxshilik qildi. Kecha mashinalarni yuvib kun kechirgan yigit bugun "Harvard" universitetining iqtidorli professoriga aylandi... Birgina qilingan yaxshilik Faridni ulkan muvaffaqqiyatlariga sabab bo'ldi!
ABDUG'ANI MENGLIMAMATOV