Faqih Abu Lays Samarqandiy sanadi bilan Abu Varqodan, u kishi Abdulloh ibn Abu Avfodan, u kishi esa, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim yetimning boshini rahm qilib silasa, Alloh taolo unga qoʻli tekkan har bir soch miqdoricha yaxshilik yozadi, har bir soch miqdoricha yomonliklarini o'chiradi va har bir soch miqdoricha uning darajasini ko'taradi". Boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Kim yetimning boshini silasa, faqat Alloh uchun silasa, qoʻli silab o'tgan har bir soch uchun unga hasanot bordir. Kim oʻzining oldidagi yetimlarga yaxshilik qilsa, u bilan men jannatda mana shunday bo'lamiz", deb Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki barmoqlarini birbiriga yaqinlashtirdilar. Ibn Abbos (r.a.) naql qiladilar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim musulmonning yetimlari orasidan bir yetimning ovqatiga, ichimligiga qoʻshsa, Alloh uni behojat qilib qo'yadi va unga jannatni, albatta, vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan amallar qilgan boʻlsa, (unday boʻlmaydi). Kimning koʻzini Alloh ketkazgan boʻlsa va u sabr qilsa, albatta, unga Alloh jannatni vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan amal qilgan bo'lsa, (unday boʻlmaydi). Kimning uchta qizi yoki singlisi boʻlsa, ularga yaxshi odob bersa, ular, vafot qilgunlaricha infoq etib tursa yoki ularni munosib joyga uzatsa, agar u Alloh kechirmaydigan amalni qilmagan boʻlsa, albatta, Alloh unga jannatni vojib qiladi". Shunda a'robiylardan bittasi nido qilib: "Ey Allohning elchisi, ikkita (qizi) boʻlsa-chi?" deb soʻradi. Aytdilar: "Ikkita boʻlsayam". Aytishlaricha, bu hadisni har rivoyat qilganlarida Ibn Abbos r. a. "Allohga qasamki, bu ajoyib hadisdir" deb qo‘yar ekanlar.
Aytishlaricha, bu hadisni har rivoyat qilganlarda Ibn Abbos (r.a.): "Allohga qasamki, bu ajoyib hadisdir", deb qo'yar ekanlar. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bir kishi Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, qalbining qattiqligidan shikoyat qildi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam unga: "Agar qalbning muloyim boʻlmogʻi seni xursand qilsa, yetimning boshini sila va taom ber", dedilar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Musulmonlarning yaxshi uyi yetimi bor uy boʻlib, unda yetimga yaxshilik qilinadigandir. Musulmonlarning yomon uyi, yetimi boʻlib, unga yomonlik qilingan uydir". Ibn Umardan (r.a.) katta gunohlar haqida so'rashdi. Uzot aytdilar: "Ular toʻqqiztadir: Allohga shirk keltirish, mo'min kishini qasddan oʻldirish, urushdan qochish, soliha xotinni zino bilan ayblash va yetimning molini yeyish, ota-onaga oq boʻlish, sehr qilish va baytul haromning hurmatini oyoqosti etish". Mujohid Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etadilar: "Oltita halok qiluvchi narsa bor, ularda tavba yo'q; yetimning molini yeyish, soliha xotinni zino bilan ayblash, urushdan qochish, sehrgarlik, Allohga shirk keltirish va paygʻambarlardan birini oʻldirish". Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Allohning "Yetimlarning mollarini zulm yoʻli bilan yeydigan kimsalar shakshubhasiz, qorinlariga olov yegan boʻlurlar va, albatta, do'zaxga kirajaklar" (Niso, 10), degan soʻzini oʻqib: "Ular oxiratda, albatta, do'zaxga kiradi", dedilar. Aytadilarki, yetim boʻlgan uy naqadar yaxshi uy, agar uy egalari uning haqqini bilsa, yetim boʻlgan uy naqadar yomon uy, agar uy egalari uning haqqini bilmasa. Bir kishi Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: "Menda yetim bor, qaysi vaqtda urishim mumkin?" deb so'radi. Aytdilar: "Farzandingni urganingda". Ya'ni, uni tarbiyalash uchun xuddi ota oʻgʻlini urgandek ursa, zarari yoʻq. Rivoyat. Fuzayl ibn lyoz (Alloh u kishi rahmat qilsin) aytadilar: "Koʻpincha yetimni bir tarsaki urish shirin taom yedirgandan ko'ra foydaliroq boʻladi". Faqih aytadilar: Agar yetimni urmasdan odob bermoqqa qodir bo'lsa, urmasligi lozim, chunki yetimni urish og'ir ishdir. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan (r.a.), u kishi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan aytadilar: "Agar yetim urilsa, uning yig‘isi bilan arsh titrab ketadi. So'ngra Alloh taolo aytadi: "Ey farishtalarim, otasi tuproqqa yashirilgan yetimni kim yigʻlatdi?" Holbuki, Allohning oʻzi uni biluvchiroq. Farishtalar: "Ey Parvardigor, bizda ilm yoʻq, bilmaymiz", deyishadi. Alloh: "Bas, Men sizlarga guvohlik beramanki, kim Mening yoʻlimda yetimni rozi qilsa, Men uni qiyomat kunida oʻzim huzurimda rozi qilaman", deydi". Aytadilarki, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam yetimlarning boshini silar, ularga muloyimlik qilar edilar. Umar ibn Xattob (r.a.) ham shunday qilganlar. Abdurahmon ibn Abzo aytadilar: Alloh taolo Dovud alayhissalomga aytdi: "Yetimga rahmdil otadek boʻl, bilginki, ekkaningni oʻrasan va bilginki, soliha xotin eriga tillo tojli podshoh kabidir. Qachon xotinini ko'rsa, ko'zlari quvonadi, yomon xotin eriga qari cholga og'ir yukni koʻtartirib qo'ygan, hayotini zulmatga aylantiradigan, hayotining g'am tashvishi bo'ladi.