Zulhijja oyi nihoyatda fazilatlidir. Ammo, uning avvalgi oʻn kunining fazilati va ahamiyati qolgan kunlarga qaraganda ziyodaroqdir. Bu avvalgi oʻn kunni “Asharai zulhijja“ deyiladi.
Qurʼon va sunnat asosida uning fazilatlariga diqqat qiling!
Qurʼoni karim Fajr surasida Alloh taʼolo shunday deydi:
وَٱلۡفَجۡرِ وَلَیَالٍ عَشۡرࣲ وَٱلشَّفۡعِ وَٱلۡوَتۡرِ
yaʼni: “Fajrga qasam, oʻn kechaga qasam, juft va toqqa qasam“. (Fajr, 1-3)
Bu oyatda toʻrt narsaga qasam ichilgandir. Ulardan birinchi fajrga qasam ichilgan. Bu yerda fajrdan murod umumiy fajr yaʼni, subhi sodiq vaqti ham murod qilingandir. Baʼzilar esa muharram oyining birinchi kunining subhi murod deganlar. Albatta, baʼzilar undan iydul azhoning subhi murod deganlar, (Maʼoriful Qurʼon). Bundan Iydul azhoning fazilati ham sobit boʻladi.
Ikkinchi, oʻn kechaga qasam ichilgandir. Bu yerda oʻn kechadan murod Zulhijja oyining avvalgi oʻn kechasidir. (Maʼoriful Qurʼon)
Uchinchi va toʻrtinchi, juft va toqqa qasam ichilgandir. Hadisi sharifga koʻra juftdan murod yavmun nahr yaʼni, iydul azho (qurbon hayiti) kunidir. Toqdan murod esa arafa kuni yaʼni, toʻqqizinchi zulhijjadir.
Imomi Ahmad musnadlarida Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilgan hadisda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
إنَّ (العَشْرَ) عَشْرُ الْأَضْحى، و (الوَتْرَ) يومُ عرفةَ، و (الشَّفْعَ) يومُ النحرِ
yaʼni: “Albatta, “oʻn kecha” Zulhijjaning oʻn kechasi, “toq” arafa kuni va “juft” nahr (qurbonlik) kunidir".
Muftiy Mubinurrohman
A.Komil tarjimasi