Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar.

Bir badavlat kishi masjid qurishga kirishdi va barcha savobni o‘zi olish maqsadida qurilish ishlarida hech kimdan ko‘mak olmaslikni qattiq tayinladi.

Kunlarning birida u tush ko‘rdi. Alloh uning uchun Jannatda go‘zal bir qasr tayyorlab qo‘ygan ekan. Qizig‘i, qasr yonida xuddi shunday yana bir qasr bo‘lib, bunisidan hech qanday kami yo‘q ekan. “Bu kim uchun?”, deb so‘raganida, “masjid qurishda sen bilan sherik bo‘lgan kishi uchun”, degan javob kelibdi. Uyg‘onib ketib qurilish tomon shoshilibdi.

Quruvchilarning kattasidan “qurilishga kim sherik bo‘ldi?”, deb so‘ragan ekan, shunday javob beribdi: “Bir onaxon bir dona g‘isht ko‘tarib keldi va savobingizga sherik bo‘lishni istadi. Biz “xo‘jayin bunga aslo ko‘nmaydi, u bilib qolsa, ishimiz chatoq bo‘ladi”, deb aytdik. Shunda u: “xavotir olma, xo‘jayining hozir mening uyimda, uxlab yotipti” deb aytdi (ya’ni u sizning ayolingiz ekan)”…

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitdim: “Kim Alloh uchun bir masjid qursa, Alloh uning uchun Jannatda bir uy bino qiladi” (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?
26 Октябрь, 2022 йил | 426