Xushxabar: Bekoboddagi mahalla ahli uchun suv chiqarildi

“Vaqf suvlari” loyihasi doirasida Toshkent viloyati Bekobod tumani “Yangi ovul” MFY hududida toza ichimlik suvi chiqarildi.

Mahalladagi 3000 ga yaqin aholi hamda bir qancha infra tuzilmalar ham toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Hadisi shariflardan birida, Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday dedilar: “Kim suv bor joyga suv chiqarsa, bir jonni ozod qilgandek bo‘ladi, kim suv yo‘q joyga suv chiqarsa, bir jonni tiriltirgandek bo‘ladi”. (Ibn Asokir rivoyati).

25 Декабрь, 2022 йил | 342