Sovuq havoda savob ishlashni istaysizmi? Unda:
???? Uyingizda ortiqcha turgan sizga keraksiz bo‘lgan kiyim-kechaklarni muhtojlarga tarqating;
???? Imkoniyatingiz bo‘lsa non yoki oziq-ovqat mahsulotlaridan ortiqcha olib keksa, bemor va nochor qo‘shnilaringizga ulashing. Ular sovuq havoda ko‘chaga chiqa olishmaydi;
???? Nochor, muhtoj qarindoshlaringiz, yaqinlaringiz va qo‘shnilaringizning elektr va gaz to‘lovlariga yordamlashing. Sovuqda o‘chib qolsa qiyin ahvolda qoladi;
????Uyingiz atrofidagi qorlarni kurab qo‘ying, odamlar yurishga qiynalmasin;
????Ko‘chada mehnat qilayotgan yo‘lsozlar, farroshlar va obodonlashtirish xodimlariga issiq choy va yegulik ulashing;
???? Qo'shningiz yoki avtobus kutib turgan insonlarni yo'lingiz bo'lsa manziliga eltib qo'ying!
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda quyidagicha marhamat qilgan:
"Kim bir mo‘mindan bu dunyo mashaqqatlaridan bir mashaqqatni aritsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni mashaqqatlaridan birini aritadi.
Kim bir kambag‘alning ishini yengillatsa, Alloh uning bu dunyoyu oxiratidan ishlarini yengillatadi.
Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh uning aybini bu dunyoyu oxiratda berkitadi.
Modomiki, banda o‘z birodarining yordamida ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘ladi", dedilar (Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan).