VAQF fondi 6 ta masjid qurulishiga moddiy yordam ajratdi

Ta'kidlash joizki so'ngi paytlarda Respublikamizda namozxonlar soni ko‘payib, masjidlarga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa ko'plab masjidlarda qayta qurilish va taʼmirlash ishlariga ehtiyoj tug'dirmoqda.

VAQF fondining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizdagi Masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat bo'lib, bugungacha yuzdan ortiq masjidlar qurilishi va t'amirlanishi uchun fond tomonidan moddiy va mablag' ko'rinishidagi moliyaviy yordamlar ko'rsatilib kelinmoqda. 

Mazkur xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, fond tomonidan Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, "Said ibn Vaqqos" jome masjidi, Toshkent shahar, Yangihayot tumani, "Niyozmat ota" jome masjidi, Buxoro viloyati, Buxoro shahar, “Fayzobod” jome masjidi, Samarqand viloyati, Qo‘shrabod tumani, “Qiyqim” jome masjidi, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani "Eshoni Fayzullaxon" masjidi, Namangan viloyati, Pop tumani, “Saidjalolxo‘ja” jome masjidlarining qurilishi va ta’mirlash ishlari uchun masjidlarning har biriga Fondning “Masjidlar” hisob raqamidan 10 000 000 (o’n million) so’mdan jami 60 000 000 (oltmish million) so’m pul mablag’lari ajratildi. 

Eslatib o'tamiz VAQF fondi tomonidan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida toshqin sabab vayron bo'lgan "YUSUF" masjidi binosi yangidan qurilib bitkazildi va yaqin kunlarda namozxonlarga topshiriladi.

VAQF fondi Matbuot xizmati 

VAQF fondi 6 ta masjid qurulishiga moddiy yordam ajratdi
13 Октябрь, 2021 йил | 61