Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida xayriya tadbiri oʻtkazildi. Shu kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining bir guruh xodimlari homiylar bilan hamkorlikda Xoʻjayli tumanida yashovchi kam taʼminlangan, boquvchisi yoʻq, ehtiyojmand oilalar xonadoniga kirib borishdi. Ularning yashash sharoitlarini oʻrganib, holidan xabar olishdi.

Tadbir davomida 25 ta ana shunday oilaga turli zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, qishki kiyim-kechaklar va bolalar oʻyinchoqlari xayriya qilindi. Bunday xayriya tadbirlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
4 Yanvar, 2024 yil | 188