Ilm ahlini qoʻllab-quvvatlash, ularga zarur sharitlar yaratib berish, moddiy va maʼnaviy taʼminlash savobli amallardandir. Aynan yaxshini yomondan, oqni qoradan ajratishda, yosh avlodning bilimli va komil inson boʻlib voyaga yetishida, yurtning taraqqiy etishida ularning oʻrni muhim ahamiyat kasb etadi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondining Namangan viloyati filiali xodimlari buni yaxshi anglangan holda islomiy bilim yurtlarida saboq berayotgan va taʼlim olayotgan mudarris va talabalarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlab kelishmoqda. Yaqinda homiylarni jalb qilgan holda “Hidoya” oʻrta maxsus bilim yurti ustoz va talabalari uchun iftorlik tashkil etishdi.