XALQ HOFIZI TADBIR MEHMONI BOʻLDI

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan xayrli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, fondning Toshkent viloyati filiali homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, ular uchun xayriya tadbirlari tashkil etishmoqda.

 

Bugun filial xodimlari “Marhabo” toʻyxonasida Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining Toshkent viloyati Zangiota tumani boʻlinmasidagi koʻzi ojizlar uchun dasturxon yozishdi. Jami 200 nafar yurtdoshimiz ishtirok etgan tadbirda Oʻzbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov va xonanda Hoji Akbar mehmon sifatida qatnashib, diltortar qoʻshiqlari bilan davraga oʻzgacha fayz berishdi. Tashrif buyurganlarga xushnudlik ulashishdi.

XALQ HOFIZI TADBIR MEHMONI BOʻLDI
17 Aprel, 2024 yil | 172