“Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali tomonidan ehtiyojmand oilalar, miksin va nogiron aholi vakillarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida xayrli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, yaqinda saxovatli homiylar, fidoiy volontyorlar koʻmagida viloyatning shahar va tumanlarida yashovchi 100 nafar boquvchisi yoʻq, ehtiyojmand va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari, shirinliklar, gigiyenik vositalar va boshqalar hadya qilindi.
Saxovatli va himmatli homiylar, fidoyi yurtdoshlarimizdan Alloh taolo rozi boʻlsin!