100 NAFAR YURTDOSHIMIZ ISHTIROKIDA DINIY-MAʼRIFIY MAVZUDA TADBIR

Oramizda bilib-bilmay missionerlar aldoviga uchib, oxir-oqibat azaldan ota-bobolari amal qilib kelayotgan eʼtiqoddan voz kechayotganlar uchrab turibdi. Bu kabi holatlarning oldini olish, yurtdoshlarimizning yolgʻon vaʼdalarga aldanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida joylarda diniy soha vakillari tomonidan diniy-maʼrifiy mavzuda targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

 

Yaqinda “Vaqf” xayriya jamoat fondining Buxoro viloyati filiali tomonidan ham ana shunday tadbir oʻtkazildi. Gapirish va eshitishda nuqsoni bor 100 nafar yurtdoshlarimiz ishtirok etgan tadbir davomida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va viloyat vakilligining mutaxassislari, filial xodimlari Islom dinining mohiyati, missionerlarning asl maqsadi haqida maʼruzalar qilishdi. Mavzu yuzasidan ishtirokchilarning savollariga javob berishdi.

 

Tadbir yakunida yurtdoshlarimizga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

100 NAFAR YURTDOSHIMIZ ISHTIROKIDA DINIY-MAʼRIFIY MAVZUDA TADBIR
22 May, 2024 yil | 115