Qozog'iston "Vaqf" fondi rahbari O'zbekistonga keldi
25 fevralь kuni Qozog'istondagi "Uaqip" (Vaqf) fondi rahbari O'zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Qozog'iston davlati “Uaqip” fondi rahbari Qayrat Azimov bilan uchrashuv o'tkazdi. Muloqotda ikki vaqf fondi o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga quyish, tajriba almashish va xayriya ishlarini tashkil etishda namunalar olish masalalari haqida so'z yuritildi.

"Уақип" фонди президенти Қайрат Азимов "Вақф" хайрия жамоат фонди раҳбари Искандар Халилов билан ҳам мулоқот ўтказди. Икки томон ўртасида ўтказилган учрашувда фондлар томонидан амалга оширилаётган амалий ишлар, лойиҳалар хусусида фикр алмашилди. Ўзаро ҳамкорликнинг йўналишлари белгилаб олинди.

O'zbekiston "Vaqf" fondi tomonidan amalga oshirilgan ishlar aks etgan videorolik mehmonlarga namoyish etildi. Qisqa vaqt ichida Fond tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalar tahsinga sazovor ekanini ta'kidlagan Qayrat Azimov, Fondning juma ma'ruzalarni surdo tarjima qilish loyihasi, imomlarni qo'llab-quvvatlash singari loyihalariga yuqori baho berdi.

Qozog'iston "Vaqf" fondi rahbari uchrashuvda o'zi rahbarlik qilayotgan jamg'arma faoliyati haqida ma'ruza qildi. Ushbu ma'ruzada Qozog'istonda amalga oshirilayotgan ishlar, yo'lga qo'yilgan loyihalar xususida to'xtalib o'tdi. Yosh oilalar, kam ta'minlangan va yolg'iz ayollarni malakasini oshirish tizimining yo'lga qo'yilgani ushbu tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biri ekani aytib o'tildi.

Bundan tashqari, Qozog'iston "Vaqf" fondi tomonidan "Oila", "Kelajakka qadam", "Hajga boruvchilarga ko'mak" singari loyihalar to'g'risida ma'lumot berildi.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

25 Fevral, 2019 yil | 1214