"VAQF" fondi OAV kuni munosabati bilan sovg'alar ulashdi

27 iyun – "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda diniy-ma’rifiy soha xodimlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Bayram tadbirida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U. Alimov ishtirok etdi va nutq so‘zladi. 

Darhaqiqat, bugungi tahlikali zamonda ommaviy axborot vositalarining o‘rni nihoyatda ortib bormoqda. Shunday damlarda qalam ahillari g‘oyatda ziyrak, hushyor va teran mushohada bilan xalqqa ma’lumotlarni to‘g‘ri va haqqoniy etkazishlari ayni davr talabi. Mana shu mashaqqatli va sharafli kasb egalarining mehnatlarini qadrlash va munosib taqdirlash niyatida "Vaqf" xayriya jamoat fondi boshqaruv rahbari I. Xalilov ham tadbirda ishtirok etdi va 100 nafar qalam ahillarining ijod va mehnatlarini munosib taqdirlash uchun kitoblar ulashdi.

Fursatdan foydalanib, "Vaqf" xayriya jamoat fondi yurtimizda ijod qilayotgan barcha Matbuot va OAV xodimlarini bugungi ayyom bilan qutlaydi. Oilalariga baxtu saodat va mashaqqatli va ayni paytda sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

28 Iyun