Umarov Muhammadjon
Manzili : Toshkent viloyati, Bekobod tumani
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul: Oybek Xushvaqov. Tel: +998-97-737-99-25 , +998-78-150-64-36
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                  ﷽

Ushbu aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻlida oʻtkazilmoqda.

Toshkent viloyati Bekobod tumanidan Umarov Muhammadjon (1963 y.tugʻilgan) yurak jarrohlik amaliyotini oʻtash uchun moddiy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan. Shifokorlar tomonidan Muhammadjon aka tugʻma yurak nuqsoni bilan hastalanganligi sababli imkon qadar tezroq jarrohlik amaliyotini oʻtkazish tavsiyasi berilgan. Oʻzi II-guruh nogironi hamda bir farzandi I-guruh nogironi. O'zining daromadi cheklanganligi sababli jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun moddiy yordam berishga saxiy va saxovatli insonlarni chaqiramiz.

 

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

4 Dekabr