Bahromova Nigora
Manzili : Toshkent shahri
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul: Oybek Xushvaqov. Tel: +998-97-737-99-25 , +998-78-150-64-36
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                  ﷽

Ushbu aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash vazifasi bajarilishi yuzasidan oʻtkazilmoqda.

1976-yilda tugʻilgan Nigora Bahromova turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgan, hozirda uning qaramogʻida ikki nafar farzandi bor. Ikki yildan buyon “koʻkrak mastopatiya” kasalligidan aziyat chekadi. Chap koʻkrak oʻsmasi tashxisi qoʻyilgan boʻlib, 2018-yilning 15-dekabrida 4 million soʻm miqdoridagi kimyo muolajasi oʻtkazilgan. Bu singari muolajalar har 21 kunda umumiy 8 marta oʻtkazilishi zarurligi qayd etilgan.

Ikki nafar farzandning onasi boʻlgan Nigora Bahromova yaxshi insonlar koʻmagiga muhtoj. Uning davolanishi uchun qariyb 32 million soʻm talab qilinadi.

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

23 Yanvar