Mamasoatov Hasan
Manzili : Qashqadaryo viloyati
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul: Oybek Xushvaqov. Tel: +998-97-737-99-25 , +998-78-150-64-36
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                 ﷽

Ushbu aksiya doirasida katta mablag' talab qilinadigan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga yordam ko'rsatish ko'zda tutilgan.

Qashqadaryolik fuqaro Avlaqulova Dilrabo Fondga murojaat qilib, oʻgʻli Mamasoatov Hasanni xorijga borib kelishi  va bolajonining operatsiyasi uchun moliyaviy yordam berishni soʻragan. Mamasoatov Hasan 12.06.2010 yilda tugʻilgan chap koʻz kosasida retrobul bar sohani toʻliq egallab turuvchi 26 x 32 x30 mm kattalikda hosila va oʻsma paydo boʻlgan. 2015-yil iyul oyida  Respublika Onkologoiya ilmiy  markazida koʻzdagi  oʻsma olib tashlangan. 2015 yildan 2018 yilgacha Respublika Onkologiya ilmiy markazi shifokorlari nazoratida boʻlib turgan. 2018 yil avgust oyida yana shu chap koʻzida  shish kattalashdi. Bir necha bor kimyo-terapiya muolajasi olinishiga qaramasdan koʻzda shish qaytmayapti. Shifokorlarning taʼkidlashicha, Rossiyaga olib borib operatsiyani qilib oʻsimtani olib yoki koʻzni qovoqqacha oldirish tavsiya etilgan.

Shifokorlar yil davomida davolatish uchun 100 million soʻm talab qilinishini maʼlum qilishgan. Himmatli birodarlardan imkon qadar farzandining sogʻayib ketishiga moddiy yordam berishlarini umid qilmoqda.

To'plangan mablag' : 0 so'm


Mamasoatov Hasan

Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

15 Aprel