- 4 ой аввал
- Qurbonlik va Ehson
- Tavsif
- FAQ
- O'zgarishlar
- Izohlar
Qurbonlik — bu faqatgina jonliq so‘yish emas, balki Allohga yaqinlashish, qalbni poklash va insonlarga mehr ulashishdir.
Alloh taolo Qur’oni Karimda:
“Ularning na go‘shti, na qonlari Allohga yetadi, balki sizlardan bo‘lgan taqvo yetadi” deya marhamat qilgan.
Qurbonlik — bu ehsondir, bu nochorlar, yetimlar, bevalar va muhtoj oilalarning duosini olishdir. Siz Alloh yo‘lida qilgan har bir qurbonligingiz orqali nafaqat o‘zingizga savob, balki jamiyatga mehr, baraka va birdamlik olib kelasiz.
Aqiqa qurbonligi orqali farzandingiz uchun shukronalik bildirib, uning hayotiga baraka tilaysiz.
Ehson va sadaqa qurbonligi orqali esa kambag‘allarning xonadoniga quvonch olib kirasiz, ularning dasturxoniga taom, qalbiga umid bo‘lasiz.
Bugun qilgan qurbonligingiz:
- Och qorinlarni to‘ydiradi
- Duolarni yaqinlashtiradi
- Gunohlaringizga kafforat bo‘ladi
- Qalbni yumshatadi va imonni mustahkamlaydi
Alloh yo‘lida qilingan har bir amal — zoye ketmaydi. Balki siz bergan bir bo‘lak go‘sht kimningdir bayramini, kimningdir hayotga bo‘lgan umidini qayta uyg‘otar.
Keling, birgalikda ehson qilaylik, Qurbonlik orqali yaxshilikni ko‘paytiraylik va Allohning roziligini topaylik.
Ko'p uchraydigan savollarga javoblar
Izohlar topilmadi
Login To Leave a Comment
APEXBANK
Izohlar (0)