#hafta_dayjesti “Vaqf” fondi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining 827 nafariga 6,6 mlrd so‘mdan ziyod moddiy yordam ko‘rsatildi.
• 186 nafar bemor davolanishi uchun 5,9 mlrd so‘m ajratildi.
• 468 ta ehtiyojmand oilaga 216 mln so‘mlik oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi.
• 77 nafar fuqaroga jami 340 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.
• 96 nafar nafar kam ta’minlangan oila farzandlari o‘quv markazlaridagi 192 mln so‘m so‘mlik oylik to‘lovlari to‘lab berildi.
Xorazm viloyatidagi Xiva G‘amxo‘rlik markaziga “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov tashrif buyurib, markazdagilarning holidan xabar oldi. Tashrif davomida markazga 14 075 000 so‘mlik yuvish vositalari va boshqa zarur mahsulotlar taqdim etildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan xayriya tadbirlari tashkil etilib, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj va ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olindi hamda ularga moddiy va amaliy yordam ko‘rsatil