"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan har hafta davomida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida #Hafta_dayjesti rukni orqali muntazam ma'lumot berib borilmoqda.Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan filiallarimiz tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda hamda ularga moddiy va ma'naviy ko‘maklar ko‘rsatilmoqda.Albatta, ushbu xayrli ishlarning barchasi saxovatpesha xalqimizning ehson va xayriyalari evaziga amalga oshirilmoqda. Har bir ezgu amal ortida minglab insonlarning ehsoni, duosi, ishonchi va xayrixohligi mujassam.Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:"Molini Alloh yo‘lida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir...
Mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar bozorini diversifikatsiya qilish, aholi va tadbirkorlarning investitsiyaviy faolligini oshirish hamda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash yuzasidan “Islom moliyasi va vaqf: Oʻzbekistonda joriy etish imkoniyatlari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ekspertlar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari buyicha qoʻmita, Islom Taraqqiyot banki va BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamkorligida tashkil etilgan tadbir davomida ekspertlar soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda islom moliyaviy institutini joriy etish uchun muhim huquqiy qadamlar qoʻyilganini taʼkidlab oʻtishdi. Xususan, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islom...
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu va xayrli ishlar doirasida saxovatpesha xalqimizning ehsonlari asosida shakllantirilgan 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat, umumiy qiymati 55 million so‘mlik yordam jamlanmalari viloyatimizda istiqomat qiluvchi 100 nafar ehtiyojmand hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga tarqatildi.Mazkur xayriya tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida tashkil etildi.🤲 Yurtimizda mehr-oqibat va saxovat an’analarini davom ettirishga hissa qo‘shayotgan muruvvatli xalqimiz hamda fidoyi xodimlarimizdan Alloh taolo rozi bo‘lsin!