Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Buxoroda ehtiyojmand aholiga xayriya yordamlari ko‘rsatildi

#Vaqf #Buxoro_viloyati
«Vaqf» xayriya jamoat fondining Buxoro viloyati filiali tomonidan homiylar ko‘magida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan bir qator xayrli tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Olot va Qorako‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi ko‘zi ojiz fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek, Buxoro shahri va Qorako‘l tumanidagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.Bundan tashqari, filialga farzandi uchun quruq sut mahsuloti olishda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaroga zarur quruq sut mahsulotlari hamda kiyim-kechaklar olib berilib, uning murojaati ijobiy hal etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi hamda «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali hamkorligida Buxoro shahridagi Ayollar muruvvat uyiga xayriya yordami ko‘rsatildi. Muassasada istiqomat qiluvchi ayollarga 100 dan ortiq kiyim-kechak, kir yuvish kukunlari va shirinliklar ehson qilindi.
Tadbir davomida «Vaqf» fondi hamda Buxoro viloyati vakilligi xodimlari tomonidan muassasa hududida ko‘chatlar ham o‘tqazildi.
Bunday xayrli tashabbuslar fond faoliyatida inson qadri va ehtiyojlariga e’tibor qaratish ustuvor ahamiyat kasb etishini namoyon etadi. Homiylar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xayriya ishlari orqali yana ko‘plab insonlarga ko‘mak berish, ularning og‘irini yengil qilish borasidagi sa’y-harakatlar davom ettiriladi.
________________________________________
Ushbu kartaga ehson qiling!
💳5614 6837 7800 0018 "Vaqf xayriya" nomidagi karta.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz