Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

Samarqand viloyati Nurobod tumani Po‘latchi mahallasida istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan Avazova Adolat opa 12 yoshli farzandlari bilan og‘ir sharoitda yashab kelayotgan edi.Oilaning yashab turgan xonadoni ancha xarob holga kelib qolgan bo‘lib, yomg‘irli kunlarda tomidan suv o‘tar, sovuq kunlarda esa xonadonni isitish tobora qiyinlashardi. Farzandi bilan bunday sharoitda kun kechirayotgan Adolat opa uchun munosib va xavfsiz uyga ega bo‘lish katta orzu edi.Bu oilaning og‘ir sharoitidan “Vaqf” xayriya jamoat fondi xabar topdi. Saxovatpesha yurtdoshlarimizning ehson va xayriyalari bilan hamjihatlikda ehtiyojmand oila uchun...

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:«Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha, mo‘min bo‘la olmaydi».(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)Ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha homiylarimizdan Alloh...

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus’haf va boshqa ehsonlar topshirildi.Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:«Kim bir jonni saqlab qolsa, bas, go‘yo barcha odamlarni saqlab qolibdi».(Moida surasi, 32-oyat)Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:«Kim...

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz