"Vaqf" xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali tomonidan Yangiyo‘l tumani Dehqonobod MFYda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro Xushvaqtova Laylo uchun yangi 4 xonali uy-joy barpo etildi.🏠 Uy-joy kaliti tantanali ravishda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari hamda fondning viloyat filiali rahbari Musoxon domla Boboyev tomonidan xonadon sohibasiga topshirildi.Tadbir davomida yangi xonadon ko‘zdan kechirilib, oila farovonligi va kelajagi uchun duolar qilindi.🤲 Alloh taolo ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlarning xayrli amallarini qabul aylasin.
Qadrli yurtdoshlar! Saxovatpesha homiylar! O‘tgan davrda Sizning «Vaqf» xayriya jamoat fondi orqali qilgan ehsonlaringiz evaziga ko‘plab xayrli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda, minglab ehtiyojmand aholi qatlamiga moddiy-ma’naviy yordamlar ko‘rsatilyapti. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida respublika bo‘ylab jami 16 mingga yaqin oilaga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa natura ko‘rinishdagi mahsulotlar xayriya qilindi. 860 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Shu davrda uyga muhtoj 18 ta oilaga homiylar ko‘magida to‘liq jihozlangan uy olib berildi. 20 ta kam ta’minlangan, ijtimoiy...
#hafta_dayjesti➖ Fondga murojaat qilib kelgan 67 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 194 mln. so‘m o‘tkazib berildi.➖ “Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali hamda «Saxovat 2020» fondi hamkorligida saxovatpesha homiylarni jalb etgan holda viloyatdagi boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan 150 nafar ehtiyojmand aholi qatlamiga xayriya dasturxoni yozilib, homiylar hisobidan sovg‘alar topshirildi.➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 162 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 180 mln. 41 ming 457 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib...