«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro filiali tomonidan homiylar ko‘magida Qorako‘l tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila uchun uy qurish ishlari boshlab yuborildi.Shuningdek, filialga murojaat qilib kelgan ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar xayriya sifatida tarqatildi.Mazkur xayrli ishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda insonparvarlik va saxovat tamoyillarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.Savobli ishlarga hissa qo‘shayotgan barcha homiylarga minnatdorlik bildiramiz!
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro filiali tomonidan Jondor tumanida istiqomat qiluvchi ko‘zi ojiz va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning 30 dan ortiq oilalariga oziq-ovqat to‘plamlari hamda go‘sht mahsulotlari tarqatildiAlloh taolo qilingan xayrli amallarni dargohida qabul aylasin, ehson qilgan yurtdoshlarimizning mol-u davlatlariga baraka, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik ato etsin! Yordamga muhtoj insonlarning og‘irini yengil qilishga hissa qo‘shayotgan barcha saxovatpesha insonlardan Alloh rozi bo‘lsin!
«Вақф» хайрия жамоат фонди масъуллари Малайзиянинг Халқаро вақф форуми ташкилотчилари билан видео суҳбат ўтказди. Мажлисда фонд бошқаруви раҳбари Зайниддин домла Эшонқулов, биринчи ўринбосар Ойбек Хушвақов, халқаро алоқалар бўлими раҳбари Миржалол Қосимов, шунингдек Малайзия томонидан Малайзия Халқаро вақф фаолияти кенгаши президенти доктор Моҳд Ғазали бин Мд Нур, Малайзия Халқаро ислом университети профессор-ўқитувчислари Нор Асия бинти Моҳамад, Аҳмад Ариф бин Зулкефли, Изҳам Ҳакими бин Редзанлар иштирок этди. Онлайн шаклда ташкил этилган мажлисда икки томон ҳамкорлигида жорий йилнинг 17-19 ноябрь кунлари Самарқанд шаҳрида...