Yurtimiz boy tarixiy merosi, qadimiy me’moriy obidalari va muqaddas qadamjolari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Asrlar davomida shakllangan ushbu maskanlar xalqimizning boy ma’naviyati, milliy qadriyatlari va yuksak me’morchilik san’atini o‘zida mujassam etgan. Bugungi kunda ana shunday tarixiy maskanlarning 200 ga yaqini “Vaqf” xayriya jamoat fondiga biriktirilgan bo‘lib, ularni asrab-avaylash, tarixiy qiyofasini saqlash va kelajak avlodga asl holida yetkazish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.Jumladan, Samarqand shahrida joylashgan Shohi Zinda me’moriy majmuasi yurtimizning qadimiy va noyob tarixiy ziyoratgohlaridan biri hisoblanadi. Qadimiy Afrosiyob...
#Vaqf #Toshkent_viloyati“Vaqf” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali tomonidan homiylar ko‘magida Qibray tumanida boquvchisini yo‘qotgan 78 ta oilaga xayriya yordami ko‘rsatildi. Xayriya tadbiri doirasida har bir oilaga 1 million so‘mlik, jami 78 million so‘mga bir oylik ro‘zg‘orlik mahsulotlari tarqatildi.🖊 Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ marhamat qiladilar:“Kim bir mo‘minning dunyodagi g‘am-tashvishlaridan birini aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi g‘am-tashvishlaridan birini aritadi”. (Imom Muslim rivoyati) Ushbu xayriya tashabbusi boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik ehtiyojlarini yengillashtirish hamda jamiyatda mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan.Siz ham...
22
Oct#Vaqf #Buxoro_viloyati✅“Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan homiylar ko‘magida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbir amalga oshirildi.✅ Joriy yilning 21-oktabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Buxoro shahar 3-son ko‘p tarmoqli, eshitish va gapirishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatida tahsil olayotgan 130 nafar bolajonga kuzgi kiyim-kechaklar ehson qilindi.⏺ Umumiy qiymati 14 million so‘mlik ushbu xayriya yordami bolajonlarning kuzgi mavsumni qulay va iliq kiyimlarda o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.Bunday ezgu ishlar orqali bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning...