#Vaqf #Buxoro_viloyati«Vaqf» xayriya jamoat fondining Buxoro viloyati filiali tomonidan homiylar ko‘magida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan bir qator xayrli tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Olot va Qorako‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi ko‘zi ojiz fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek, Buxoro shahri va Qorako‘l tumanidagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.Bundan tashqari, filialga farzandi uchun quruq sut mahsuloti olishda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaroga zarur quruq sut mahsulotlari hamda kiyim-kechaklar olib berilib, uning...
Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, masjidlar va tarixiy ziyoratgohlarni obodonlashtirish borasida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan respublikamiz bo‘ylab jami 500 ta masjid tahoratxonasini, shundan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 11 tasini zamonaviy talablar asosida qayta qurish ishlari boshlangan. Mazkur loyiha doirasida Beruniy tumanidagi «Shayx Abbos Vali» masjidi tahoratxonasini ham qayta qurish belgilangan. Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin domla Razov, «Vaqf» xayriya jamoat fondi vakillari, masjid imom-xatiblari hamda mahalla...
#Vaqf #Yordam_berilmoqdaSamarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida og‘ir jarrohlik amaliyotlari xarajatlari “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan qoplab berildi. Bu yordam jajji bolajonlarning sog‘ayib, hayotga qaytishlari uchun muhim qadamdir.🤝 Siz ham yaxshilik yo‘lida bizga qo‘shiling! ↗️ Yaxshilik birlashgan qalblardan boshlanadi!Vaqf.uz sayti orqali o'zingiz xohlagan yo'nalishga ehson qilishingiz mumkin!Ushbu kartaga ehson qiling!💳5614 6837 7800 0018 "Vaqf xayriya" nomidagi karta.