Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Navoiy viloyatida yangi o‘quv yili arafasida  maktab formalari hamda zarur o‘quv qurollari topshirildi

#Mustaqillik_35_yilligi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tashabbuslar izchil davom etmoqda.

Navoiy viloyatida yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab formalari hamda zarur o‘quv qurollari olib berilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus orqali bolajonlarning ta’lim olish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lishi, yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan boshlashi ko‘zda tutilmoqda.

Zero, farzandlarning ta’lim olishi va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishi — jamiyatimiz uchun eng muhim qadriyatlardan biridir. Ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik bolalarga nafaqat zarur o‘quv anjomlarini, balki mehr va e’tibor tuyg‘usini ham ulashmoqda.

Saxovat, mehr-oqibat va insonparvarlik — xalqimizga xos ezgu fazilatlardir. Ana shunday xayrli amallar orqali yosh avlodning yorqin kelajagiga munosib hissa qo‘shish, ularni ilm olishga rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash ezgu ishlarning eng go‘zal namunasidir.

Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun quvonch, yangi marralar va ulkan zafarlar yili bo‘lsin!

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz