Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Andijonda obodonlashtirish xodimlari uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.

Andijonda obodonlashtirish xodimlari uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.

Bugun Andijon shahridagi "Devonaboy" jome masjidida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan jami 1270 nafar obodonlashtirish xodimlari uchun xayrli va ezgu tadbir tashkil etildi.

Xususan 350 nafariga 84 mln. miqdorida oziq-ovqat mahsuloti, 720 nafarga 195 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘i, 200 nafar tizim ishchi-xodimlari farzandlari uchun 100 mln.so‘m miqdorida maktab o‘quv quroli va kiyim kechaklar bayram tuhfasi sifatida taqdim qilindi.

Umumiy hisobda barcha sovg‘a va oziq-ovqat mahsulotlariga jami 379 mln.so‘m miqdorida pul mablag‘lari sarf qilindi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari A.Otabayev, viloyat bosh imom-xatibi M.Alimov, "Vaqf" xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali rahbari X.Sulaymonovlar ishtirok etdilar.

Uchrashvda yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, obodlik va farovonlikni ta’minlashda halol mehnati bilan hissa qo‘shib kelayotgan obodonlashtirish xodimlariga samimiy ehtirom va minnatdorlik bildirildi.

Bunday ezgu tashabbuslar xalqimiz o‘rtasida mehr-oqibat, saxovat, hamjihatlik va inson qadrini ulug‘lash kabi yuksak fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz