Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan XIV «Global Waqf» xalqaro forumida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan nufuzli mutaxassislar, olimlar, diniy ulamolar, vaqf tashkilotlari rahbarlari hamda xalqaro delegatsiyalar vakillari ishtirok etdi.
Nufuzli anjuman doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan suhbatlar va intervyular tashkil etildi. Ularda mehmonlar forumning ahamiyati, vaqf tizimini rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribalar, xayriya faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari hamda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Suhbatlarda O‘zbekistonda vaqf faoliyatini rivojlantirish, xayriya ishlarini tizimli tashkil etish, tarixiy va diniy merosni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida e’tirof etildi.
Xalqaro forum ishtirokchilarining fikrlari va taassurotlari aks etgan videolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.