Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
NUFUZLI DELEGATSIYA BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

#Vaqf #Hamkorlik
 Oʻzbekiston soʻnggi yillarda butun dunyo afkor ommasining diqqat markaziga aylandi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz. Yurtimiz har kuni, har hafta xalqaro anjumanlarga mezbonlik qilayotganini hammamiz ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻqib, kuzatib boryapmiz.
Sharq gavhari deya taʼriflanadigan Samarqand shu yil 18-19-noyabr kunlari XIV Global Vaqf anjumaniga mezbonliq qiladi. “Vaqf va islomiy ijtimoiy moliyaga yangicha yondashuv: boshqaruv, standartlar, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish yoʻllari” mavzusida oʻtkaziladigan tadbirda 30  mamlakatdan 150 nafarga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari, ulamolar, soha ekspertlari ishtirok etishi kutilayotgani ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
Bugun, 16-noyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Malayziyaning Xalqaro Vaqf Harakatlari Kengashi (International Waqf Action Council – iWAQF) prezidenti Datuk Dr. Mohd Gʻazzoliy hamda Malayziya xalqaro islom universiteti professori, Dr. Nur Osiyo binti Muhammad bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Zayniddin domla dastlab mehmonlarga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Soʻngra Diniy idora tarixi, soʻnggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, shu jumladan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilgani, bugungi kunda fondning faoliyati tobora takomillashib, rivojlanib borayotgani haqida mehmonlarga atroflicha maʼlumot berdi.

Muloqot davomida xalqaro vaqf tizimida Oʻzbekistonning ishtirokini kengaytirish, vaqf va xayriya faoliyatini rivojlantirish, taʼlim hamda ilmiy yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda World Zakat and Waqf Forum xalqaro hamjamiyati koʻplab mamlakatlar vakillarini birlashtirgan. Oʻzbekistonning ushbu hamjamiyatga aʼzo boʻlishi mamlakatimiz vaqf tizimining xalqaro aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi


Uchrashuvda amaliy hamkorlik masalalari ham muhokama qilinib, xususan, Malayziyaning Imom Buxoriy xalqaro universiteti magistratura bosqichini tamomlayotgan oʻzbekistonlik talabaga Malayziyadagi vaqf tashkilotlaridan birida amaliyot oʻtash imkoniyatini yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bu orqali talabaning vaqf mablagʻlarini boshqarish, xayriya loyihalarini tashkil etish va sohadagi ilgʻor tajribalarni oʻrganishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida vaqf va xayriya sohasida tajriba almashish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda taʼlim va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.

Bundan tashqari, diniy-maʼrifiy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish yoʻnalishlarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida vaqf sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirish hamda ilgʻor tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi, inshoalloh.

 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi

Matbuot xizmat 




Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz