«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.
Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.
Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:
«Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha, mo‘min bo‘la olmaydi».
(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)
Ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha homiylarimizdan Alloh taolo rozi bo‘lsin! Qilgan ehsonlarini dargohida qabul qilib, savoblarini ziyoda aylasin.