Ramazon — mehr-muruvvat, saxovat va shukronalik oyi. Bu muborak kunlarda ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish xayrli an’anaga aylangan. Joylarda tashkil etilayotgan bunday xayr-saxovatdan, ezgu amallardan ilm ahli – ustozu toliblar ham birdek bahramand bo‘lishmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tashabusi bilan viloyatning Payariq tumanida joylashgan Hadis ilmi maktabida tashkil etilgan iftorlik fikrimizning tasdig‘idir.
Homiylarni jalb qilgan holda o‘tkazilgan iftorlikka mazkur maktabda tahsil olayotgan 100 nafardan ortiq talaba va ustozlar taklif etildi.
Iftorlik avvalida Qur’on karimdan tilovat qilindi. Dasturxon atrofida samimiy suhbat qurilib, ezgu duolar olindi.
APEXBANK