#hafta_dayjesti
1. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan homiylar ko'magida boquvchisi yo‘q ehtiyojmand oilaga 4 xonali yangi uy qurib berildi.
https://t.me/vaqfuz/15326
2. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi ehtiyojmand oilaning xaroba holatdagi xonadoni “Vaqf” fondi tomonidan ta’mirlanib egalariga topshirildi.
https://t.me/vaqfuz/15359
3. Namangan viloyati Namangan tumanida yashovchi boquvchisi vafot etgan ehtiyojmand oilaga zamonaviy sharoitlarga ega 6 xonali yangi uy barpo etilib topshirildi.
https://t.me/vaqfuz/15361
5. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan zakot va ehson mablag‘lari hisobidan Namangan viloyatidagi “Hidoya”, poytaxtimizda joylashgan Xadichai Kubro o‘rta maxsus islom bilim yurti 15 nafar talabalarining jami 115 mln. 266 ming 800 so‘mlik to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi. https://t.me/vaqfuz/15379
6. Fondga murojaat qilib kelgan 38 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablagʼlari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida 123 000 000 soʼm ularning plastik kartalariga oʼtkazib berildi.
7. PQ-67-sonli qaror boʼyicha 2 mlrd. 578 mln. 304 soʼm sogʼliqni saqlash muassasalariga oʼtkazib berildi.
8. Ehtiyojmand, kam taʼminlangan 115 ta oilaga 35 mln. 581 ming soʼmlik oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi.
9. Fargʼona viloyatida ehtiyojmand oilaga uy taʼmiri uchun 25 mln. soʼm mablagʼ berildi.
🤝 "Vaqf" xayriya jamoat fondi
Matbuot xizmati