"Vaqf" xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali tomonidan Yangiyo‘l tumani Dehqonobod MFYda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro Xushvaqtova Laylo uchun yangi 4 xonali uy-joy barpo etildi.
🏠 Uy-joy kaliti tantanali ravishda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari hamda fondning viloyat filiali rahbari Musoxon domla Boboyev tomonidan xonadon sohibasiga topshirildi.
Tadbir davomida yangi xonadon ko‘zdan kechirilib, oila farovonligi va kelajagi uchun duolar qilindi.
🤲 Alloh taolo ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlarning xayrli amallarini qabul aylasin.