O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatining turli hududlarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Mazkur xayrli tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan, «Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali tomonidan amalga oshirildi.
Yangi o‘quv yili arafasida ehtiyojmand oilalarni farzandlariga maktab formalari xamda zarur o‘quv qurollari olib berilmoqda.
Tadbirda «Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali rahbari Xayrullo domla Sulaymonov ishtirok etib, ehtiyojmand oilalar farzandlarini Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi va ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.