“Vaqf” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat filiali tomonidan 28 may kuni imkoniyati cheklangan, gapirish va eshitishda nuqsoni bor bo‘lgan 100 nafardan ortiq fuqarolar uchun Karmana tumani Registon to‘yxonasida "Siz bizga keraksiz" shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘MI mutaxassisi M.Abubakirova tomonidan "Missionerlikdan ogoh bo‘ling" mavzusida maʼruza qilinib, videorolik namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida osh dasturxoni yozilib, 100 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari ehson tariqasida taqdim etildi.