-
fuqarolarning diniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;
-
masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
-
tarixiy-meʼmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, taʼmirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
-
diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-oʼqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʼquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash;
-
masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash;
-
islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-maʼrifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga koʼmaklashish;
-
yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish;
-
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash;
Bundan tashqari fondga kelib tushadigan turli xildagi tushumlarning kelib tushish va sarflanishi bo‘yicha alohida hisobini olib borish maqsadida vaqf, zakot (fitr, ushr) va xayriya mablag‘lariga alohida-alohida hisob raqamlar tashkil qilish, shuningdek, ushbu hisob raqamlardagi mablag‘larni o‘z maqsadiga muvofiq sarflanishini ta’minlashdan iborat.
https://lex.uz/docs/-3686277