Xushxabar: Farg‘onada ilk vaqf mulki qurilishi boshlandi

Joriy yilning 26 iyul sanasida, Vaqf xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan yirik xayriya loyihasiga tamal toshi qo‘yildi. Ushbu tarixiy va qutlug‘ tadbirda fond boshqaruvi rahbarining 1-o‘rinbosari M.Salomov, Fondning viloyat filiali rahbari B.Qirg‘izovDang‘ara tuman hokimi Sh.Tojihakimov, tuman bosh imom-xatibi, tuman sektor rahbarlari hamda mehmonlar ishtirok etishib, yurtimizda bunday vaqf mulklari ko‘payishini so‘rab ALLOH taologa duoyi xayrlar qilishdi.

Mazkur obyekt filialga biriktirilgan, Dang‘ara tumanidagi «Muhammad Boqir Ho‘ja Abu Turob buva» ziyoratgohiga tutash 72 sotix maydonda «turli diniy marosimlar va dam olish maskani» sifatida, tasdiqlangan bosh rejaga asosan barpo etiladi. Milliy va zamonaviy meʼmorlikning o‘zaro uyg‘unligida qurilayotgan mazkur binoda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun barcha sharoitlar muhayyo etiladi.Alloh taolodan mazkur vaqf mulki uchun hissa qo‘shgan barcha hamyurtlarimizga xayr va barokatlar tilab qolamiz!

Eslatib o‘tamiz: Yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yana-da oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish

VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

Xushxabar: Farg‘onada ilk vaqf mulki qurilishi boshlandi
27 Iyul, 2023 yil | 403