Mamlakatimiz Mustaqilligining 32 yilligi bayrami hamda yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan, VAQF xayriya jamoat fondi hududiy filiallari tomonidan, viloyatlardagi ijtimoiy ko'makka muhtoj, nogiron oila farzandlari va boquvchisini yo'qotgan bolajonlar uchun maktab formasi, sumka va o'quv qurollari xayriya sifatida taqdim etildi.
Eng savobli ishlardan biri yetimni kafolatiga olishdir. Bunga beriladigan ajru mukofotlar haqida Payg'ambarimiz sallalohu alayhi vasallamdan ko'plab hadislar kelgan. Jumladan u zot mashhur hadislarida shunday deganlar:
أَنَا وَكَافِلُ الْيَتِيمِ فيِ الْجَنَّةِ هَكَذَا وَأَشَارَ بِالسَّبَّابَةِ وَالْوُسَطَى وَفَرَّجَ بَيْنَهُمَا
رواه الإمام البخاري
ya'ni: “Men va yetimni o'z qaramog'iga olgan kishi jannatda mana shunday yonma-yon turamiz”, - deb ko'rsatkich va o'rta barmoqlari orasini ochib ko'rsatdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).