Buxoroda talabalar uchun 185 million so'm xayriya qilindi

Avval xabar qilganimizdekRabbiul avval oyi - mavlidi sharif munosabati bilan Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimiz bo‘ylab "Mavlid hadyalari" xayriya tadbirlari o‘tkazilib, nochor, moddiy ko‘makka muhtoj, bemor hamyurtlarimizga shuningdek, diniy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan tolibi ilmlarga hadyalar ulashilmoqda.

Bugun, mana shunday tadbirlarning navbatdagisi, Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasida ham o‘tkazildi. Vaqf fondining Buxoro viloyati filiali tomonidan, homiylarni jalb qilgan holda, madrasaning 27 nafar tolibi ilmlariga jami 185 million so‘m mablag‘ xayriya sifatida taqdim etildi. 

Yurtimizdan Islom madaniyati va ilm-faniga ulkan hissa qo‘shadigan olimlar yana chiqishini niyat qilib, mazkur xayriyaga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha hamyurtlarimizga ikki dunyo saodatini tilab qolamiz!  

VAQF XJF Matbuot xizmati

Buxoroda talabalar uchun 185 million so'm xayriya qilindi
29 Sentyabr, 2023 yil | 386