Farg'onada 50 nafar hamyurtimiz qalbiga quvonch ulashildi

Vaqf fondi Farg'ona viloyati filiali tomonidan, viloyat markazida istiqomat qiluvchi nogironligi bor, boquvchisi yo'q, yetim va moddiy ko'makka muhtoj 50 nafar turli yoshdagi hamyurtlarimizga kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari xayriya sifatida taqdim etildi.

O'ndan ortiq bemor hamyurtlarimiz xonadonlariga tashrif buyurib, ularga kerakli gigienik vositalar va oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

Mazkur xayriyaga hissa qo'shgan barcha saxovatpesha vatandoshlarimizni Alloh taolo mukofotlasin!

VAQF XJF Matbuot xizmati

Farg'onada 50 nafar hamyurtimiz qalbiga quvonch ulashildi
19 Oktyabr, 2023 yil | 204