Xayriya karvoni safari davom etmoqda !

     O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi ayni kunlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator xayriya tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. Ma’lumki, bu kabi tadbirlar yaqin kunlarda Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida tashkil etilib, ko‘plab ehtiyojmand oilalarga shodlik ulashildi. Farg‘onada 200 ta, Jizzax viloyatida 300 ta kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, ko‘mir, kitoblar, turli o‘yinchoqlardan iborat xayriyalar tarqatildi.

      Endi navbat Andijon viloyatiga keldi. Bugun turli zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, qishki kiyim-kechak, ko‘mir, turli o‘yinchoqlar, Qur’on kitobi, velosiped, nogironlik aravachasi va boshqa xayriyalardan iborat karvon Andijon viloyatiga qarab yo‘lga tushdi. Yaqin vaqtlarda karvon viloyatning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan 300 ta xonadonga kirib boradi.

15 Dekabr, 2023 yil | 212