KAM TA’MINLANGAN OILALAR FARZANDLARINING SUNNAT TOʻYLARI OʻTKAZILDI

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali homiylarni jalb qilgan holda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Fargʻona shahrida joylashgan “Navroʻz” toʻyxonasida viloyatning shahar va tumalari, chekka hududlarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, nogironligi bor oilalar farzandlarining sunnat va 2 nafar yoshning nikoh toʻylarini oʻtkazishdi.

 

Mazkur xayriya tadbiri davomida toʻy sababchilari boʻlmish 50 nafar bolajonga, yangi oila aʼzolariga homiylarning toʻy sovgʻalari topshirildi.

 

Saxovatli homiylarimiz, joʻmard yurtdoshlarimizdan Alloh rozi boʻlsin!

KAM TA’MINLANGAN OILALAR FARZANDLARINING SUNNAT TOʻYLARI OʻTKAZILDI
17 Aprel, 2024 yil | 36