SAVOBLI ISHNI HAR KIM, HAR KUNI QILISHI KERAK

Kam taʼminlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar holidan xabar olish, ularga imkon darajasida moddiy-maʼnaviy yordam berish savobli amallardandir. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali saxovatpesha homiylarni jalb qilgan holda ana shunday xayrli ishga qoʻl urishdi. Fond xodimlari fidoiy volontyor koʻmakchilar hamrohligida Bagʻdod tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 30 nafadan ziyod oila xonadoniga kirib borishdi. Jami 33 million soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari, kattalar va bolalar poyabzallari, kiyim-kechaklar hamda diniy-maʼrifiy adabiyotlar oʻz egalariga topshirildi.

 

Joʻmard va himmatli homiylarimiz, fidoiy volontyorlarimizdan Alloh rozi boʻlsin!

 

Siz ham ulkan ajru savobga ega boʻlishingiz mumkin.

PAYME, CLICK, PAYNET ilovalari orqali telefoningizdan juda oson ehson qiling.

SAVOBLI ISHNI HAR KIM, HAR KUNI QILISHI KERAK
4 Iyun, 2024 yil | 94