SAUDIYA XAYRIYA MARKAZI “VAQF” FONDIGA 25 TONNA XURMO HADYA QILDI

Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi yurtimizga begʻaraz koʻmak sifatida 25 tonna xurmo mevasini hadya qildi.

Xurmolarni Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi elchisi Yusuf Solih Algahra Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Diniy idora raisining Iqtisod ishlari boʻyicha maslahatchisi Alisher Eshimov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Isoxon Abdullayevga topshirdi.

Endilikda hadya qilingan xurmo mevalari “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy koʻmakka muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda “Muruvvat” uylari va shifoxonalardagi haqdor yurtdoshlarimizga xayriya qilinadi.

Topshirish marosimida “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi vakillari Adnan Xatim Asiriy va Alaqil Abdulhakim Saʼad ham ishtirok etdi.

SAUDIYA XAYRIYA MARKAZI “VAQF” FONDIGA 25 TONNA XURMO HADYA QILDI
11 Iyun, 2024 yil | 185