MAKTABGA YANGI KIYIM, YANGI SUMKALAR BILAN

Ha demay yangi oʻquv yili ham boshlanadi. Shu bois ayni paytda farzandlari maktablarda taʼlim oladigan koʻplab ota-onalar jigarporalari uchun oʻquv qurollari, kiyim-kechak olish daraddudiga tushib qolishgan. Lekin barchaning bunday xarajatlarni qilishga imkoni boʻlavermaydi. Boquvchisini yoʻqotgan, ehtiyojmand oilalarga bu xarajatlar bir muncha mushkulotlarni keltirib chiqaradi.

Ana shunday oilalarga yordam berish maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali “Mehr-2020” volontyor jamoasi bilan birgalikda viloyatning turli hududida yashovchi boquvchisi yoʻq, ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun maktab formalari, oʻquv qurollari va sumkalari xaridi uchun aksiya tashkil qilishgan edi. Bu aksiyaga viloyatdagi saxovatpesha insonlar, joʻmard homiylar shunchaki qarab turishmadi. Yigʻilgan mablagʻ evaziga jami 520 nafar oʻgʻil-qizga maktab formalari, oʻquv qurollari va sumkalari olib berildi.

Taʼkidlash joizki, yangi oʻquv yili oldidan amalga oshirilgan bu xayrli tadbirlar koʻplab ehtiyojmand oilalar mushkulini oson qilib, farzandlar koʻnglini shod etdi.

Muruvvatli homiylardan Alloh taolo rozi boʻlsin! Ularni Oʻzi ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlasin.

MAKTABGA YANGI KIYIM, YANGI SUMKALAR BILAN
25 Avgust, 2024 yil | 88