XAYRIYA MAHSULOTLARI SO‘X VA SHOHIMARDONGA YETIB BORDI

Avval xabar qilganimizdek, Ramazon oyi munosabati bilan Podshoh Salmon ko‘mak va xayriya ishlari markazi tomonidan O‘zbekistonga xayriya qilingan un va oziq-ovqat mahsulotlari ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga tarqatilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyatida ham mazkur xayrli amallar O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda uyushqoqlikda tashkil etilmoqda. Ta’kidlash joizki, hududga yetkazilgan xayriya karvonidagi mahsulotlarning hammasi viloyatning anklav hududi bo‘lmish So‘x tumani va Shohimardonga yo‘naltirilgan, o‘sha yerda yashovchi kam ta’minlangan oilalarga berilishi belgilangandi. Shunga ko‘ra, agentlik va fond xodimlari, So‘x tumani sektor rahbarlari ishtirokida katta xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida tumanda yashovchi 300 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj olilalarga xayrotlar to‘liq topshirildi.

Xuddi shuningdek, Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘idagi 161 nafar haqdorlarga ham ushu xayriya mahsulotlarini yetkazish boshlandi.

XAYRIYA MAHSULOTLARI SO‘X VA SHOHIMARDONGA YETIB BORDI
27 Fevral, 2025 yil | 42