Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan “Vaqf” xayriya jamoat fondiga yuborilgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat xayriya yordamlari Samarqand viloyatining turli hududlarida istiqomat qilib kelayotgan ehtiyojmand oilalarga yetkazildi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu ezgu tadbir davomida xayriya mahsulotlari nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy qiynalgan 461 ta oilalarga taqsimlandi.
Xayriya tadbirlari Ramazon oyining barakasi va insoniy hamdardlik ruhida davom etmoqda. Ushbu ezgu ish ehtiyojmand oilalarga nafaqat moddiy, balki ma’naviy kuch-g‘ayrat baxsh etdi.
Ezgulik ulashgan, ko‘plab oilalarga quvonch baxsh etgan homiylarni, barcha saxovatli insonlarni Alloh ulkan ajru savoblar bilan mukofotlasin!